Futbol böyiça Kosovo milliy terma jamoasi, UYeFA va FIFA tarkibiga qabul qilinganidan söng ötkazgan ilk öyinini ğalaba bilan yakunladi. U, Germaniyaning Frankfurt şahrida bölib ötgan öyinda Farer orollaridan 2:0 hisobida ustun keldi.

Gollarni, Albert Bunyaku (44-daqiqa) va Bernard Berişa (90) kiritgan. 37-daqiqada Kosovo termasining hujumçisi Bersant Tselina maydondan çiqarib yuborilgan. 81-daqiqada esa, Farer orollari termasi a'zosi Bogi Petersenga ham qizil kartoçka körsatilgan.

Kosovo respublikasi qisman tan olingan mustaqil davlat bölib, BMT a'zosi hisoblanmaydi. Uning mustaqilligini köplab davlatlar, xususan Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya kabi davlatlar tan olmagan.