Keyingi haftada Fransiya Yevro-2016 çempionatini qabul qiladi va köpçilik musobaqa terrorçilar nişoniga aylanişidan jiddiy xavotirlanmoqda: IŞID Yevropaga hujumlar uyuştirişni davom ettirişini yaşirmayapti. Şu munosabat bilan AQŞ Davlat departamenti öz fuqarolariga Yevro-2016’ga yoki Polşadagi katolik yoşlar kunlariga bormaslikni tavsiya qilmoqda.
Bu orada Fransiyalik huquq-tartibot muassasalari xodimlari çempionat xavfsizligini ta'minlaş uçun barça işni qilmoqdalar. Içki xavfsizlik boş boşqarmasi 3,5 ming qöriqçi va qöriqlaş agentliklarini tekşirib, ular orasida 82 nafar kişi potensial xavfli şaxslar ekanligini aniqladi. Bu odamlar ekstremistik taşkilotlar bilan aloqalari uçun "şubhali şaxslar" bazasiga kiritildi.
Yevro-2016 10 iyundan 10 iyulgaça Fransiyaning Parij, Lion, Marsel, Sen-Deni, Nitstsa, Tuluza, Bordo kabi şaharlarida bölib ötadi. Bu şaharlardagi stadionlar köp minglik muxlislar bilan liq töla böladi va agarda baxtga qarşi terakt yuz bersa, qurbonlar köp bölişi aytilmoqda. Bu orada fransuz maxsus xizmatlari barçasi ular nazoratida ekanligini ta'kidlamoqdalar.







