Amerikalik aktyor va musiqaçi Jyek Blek a'zo bölgan Tenacious D nomli rok-guruhi avvaliga aktyorning ölimi haqida xabar tarqatib, keyin bu xabarni inkor qildi.
"Afsona tirik, xavotirlanmang", deya ikkinçi tvitni yozgan guruh akkaunti.
Yana bir tvitda esa bu şunçaki öyin bölgani aytilgan.
"Tinçlaning yigitlar! Bu şunçaki öyin edi. Sizni yaşirin kamera kuzatib turibdi", deyilgan unda.
Bir neça soat oldin uşbu akkaunt Jyek Blekning 46 yoşida tösatdan vafot etgani haqida xabar tarqatgandi.
Oxirgi marta Jyek Blekni 3 iyun kuni Rock im Park musiqa festivalida körişgan.







