Liviya boş vaziri mamlakat Turkiya kabi muhojirlarni qayta qabul qilmasligini ma'lum qildi.

Liviya milliy kelişuv hukumati rahbari Faiz Sarajning ma'lum qilişiça, mamlakat hududiga YeI tomonidan ortga qaytarib yuborilgan afrikalik qoçqinlar kiritilmaydi.

Joriy yilning mart oyida Yevropa Ittifoqi va Turkiya muhojirlik inqirozi bilan kuraşiş böyiça hamkorlik rejasini muvofiqlaştirgan edi, unda Turkiya hududi orqali Gretsiyaga noqonuniy yöllar bilan kelgan barça muhojirlar Turkiyaga qaytarilişi hamda u yerdagi suriyalik qonuniy muhojirlar Yevroittifoq tomonidan "birga bir" tamoyili böyiça qabul qilinişi közda tutilgan edi.

"Biz (Liviya) Yevropa Ittifoqi muhojirlarini qayta qabul qilişga rozi bölmaymiz. Yevropa ularni öz vataniga qaytariş yölini topişi kerak. Ular biz bilan yaşay olmaydi. Mamlakatimizga janubdan kelayotgan muhojirlar bilan vaziyat mutlaqo Turkiyadagidek emas", - dedi As-Saraj Germaniyaning Welt gazetasiga bergan intervyusida.

1 iyun kuni Liviya qirğoqlarida 100dan ortiq yölovçisi bilan ağdarilib ketgan qayiq vaziyatiga izoh berar ekan, u sohil böyida sayyohlik va savdoning örniga qoçoqlarni noqonuniy yöl bilan taşiş yölga qöyilganligidan afsusdaligini bildirdi.

Boş vazirning sözlariga köra, muhojirlar oqimi köpayişi muammosiga hattoki bombardimon qilib ham barham berib bölmaydi.

"Muammoning yeçimini muhojirlar kelayotgan mamlakatlardan qidiriş kerak. Ularga siyosiy va iqtisodiy barqarorlik hamda rivojlanişga imkon yaratiş lozim", - dedi u hamda bu muammo taalluqli bölgan barça tomonlar uçun yagona qaraş işlab çiqiş kerakligini qöşimça qildi. 

Yevropa Ikkinçi jahon uruşidan keyingi eng jiddiy muhojirlik inqirozini boşdan keçirmoqda. YeS Frontex agentligi bergan ma'lumotlarga qaraganda 2015 yilda Yevroittifoqqa 1,8 million muhojir kelgan. Muhojirlar böyiça xalqaro taşkilot ma'lumotlariga köra, yilning boşidan beri Yevropaga 194,6 ming kişi kelgan, ulardan 1,5 ming nafari halok bölganlar va yöqolganlar qatorida qayd etilgan.

Liviyadagi fuqarolar uruşidan keyin Yevropaga bu mamlakatdan ötgan yili 150 ming kişi ketgan.

"Bolqon yöli" tösib qöyilgaç, Afrika va Yaqin Şarqning bir qator mamlakatlaridan çiqqan qoçqinlar Liviyaga kelib, bu yerdan Örta Yer dengizi orqali Yevropaga ötişni boşlagan.

Turli ma'lumotlarga köra, Liviyada ayni vaqtda 1 million nafardan ortiq muhojirlar va qoçqinlar mavjud.