Moskvadagi muşuklar teatri asosçisi Yuriy Kuklaçev özining katta kölamdagi yangi loyihasi haqida sözlab berdi. Maşhur sirkçi özining yoqimtoylari uçun saroy qurib bermoqçi. Uning aytişiça, obektni barpo etiş uçun million dollardan kam bölmagan summa talab etiladi. Kuklaçev kerakli pulni xomiylardan topişga umid qilmoqda. Muşuklar boşpanasi uçun joy ham tanlandi, u Isroilning Aşkelon şahrida quriladi.

"Bu ğoya menda ança avval paydo bölgan. Biz körgazmalar ötkazganimizda 100 ga yaqin muşuk körsatamiz. Bu yerda esa minglab muşuklar yaşaydi. Misol uçun, biz Aşkelonning barça muşuklarini töplab, bu "saroy"ga joylaşimiz mumkin", deb aytdi Kuklaçev.

Muşuk örgatuvçining ğoyasi böyiça, saroy geografik jihatdan bir neçta tematik qismlarga bölinadi. Xonalarda Misr ehromlari yoki fors karavotlari böladi, ulardan har birida bu davlatlarda paydo bölgan muşuklar yaşaydi.