Turkiya hukumati Egey dengiziga, Kuşadasi kurorti qirğoqlari yaqiniga Airbus A300 samolyotini çöktirişga qaror qildi. Bu orqali kurortda dayvingni rivojlantiriş va sayyohlar oqimini oşiriş közda tutilgan.
54 metr uzunlikdagi, eni qanotlari bilan 44 metrni taşkil qiladigan samolyot mamlakatdagi eng yirik sun'iy rif böldi. Daily Sabah ma'lumotiga köra, uni 93 ming dollar evaziga xarid qilişgan.

"Biz bu loyiha orqali har yili kurortga 250 ming sayyoh kelişiga erişişni rejalaştirganmiz. Bu loyiha orqali Kuşadasi yozgi mavsumni zararsiz yakunlaşi mumkin", deydi şahar meri Oydin Özdem Çerçiöğli.
Qayd etilişiça, A300 samolyotini sayyohlar e'tiborini tortiş maqsadida avval ham suvga joylaştirişgan. Kiçikroq samolyotlar Antalya viloyatining Kaş va Kemer kurortlari yaqinida suvga ğaqr qilingandi.
Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi ma'lumotiga köra, aprel oyida mamlakatga 1,75 mln xorijlik sayyoh taşrif buyurgan. Bu esa ötgan yilning şu davriga nisbatan 28 foizga kam. Rossiyadan keluvçi sayyohlar oqimi keskin kamaygan - 79 foiz (150 ming nafardan 31 minggaça). Bunga Suriya osmonida Rossiya samolyoti turkiyalik uçuvçi tomonidan urib tuşirilişi sabab bölgan. Şuningdek, Turkiyadagi teraktlar tufayli Yevropadan sayyohlar kelişi kamaygan.







