RF va Qirğiziston hukumat rahbarlari Dmitriy Medvedev va Sooronboy Jeenbekovlar örtasidagi muzokaralar natijasi ölaroq, ikki mamlakat örtasida neft va neft mahsulotlari yetkazib berişga oid bitim imzolandi. 

Unga köra, Rossiya Qirğiziston içki ehtiyoji uçun eksport qilayotgan neft va neft mahsulotlaridan eksport soliğini olmaydi. Soliqsiz mahsulotlar hajmi esa, 31 dekabrgaça bölgan muddatda aniqlab olinadi. 

Mazkur bitim imtiyozli neft mahsulotlari qayta eksport qilinişini taqiqlaydi. Mabodo, şunday holat qayd etilgudek bölsa hamda 2 oy muddat içida özaro kelişuvlarga erişilmasa, Rossiya tomoni soliqsiz yetkazib berişlarga çek qöya oladi. Bu qoida, asli Rossiyada işlab çiqarilgan va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining boşqa a'zolaridan olib kirilgan neft mahsulotlariga ham tegişlidir. 

Rossiya Qirğiziston yoqilği-moylaş mahsulotlarining 90 foizini yetkazib beradi. Mamlakat bir yilda 1 mln tonna neft mahsuloti iste'mol qiladi.