Bundan bir neça yillar avval bir şahardan ikkinçi şaharga  tezroq boriş uçun samolyotlardan foydalanilardi. Endilikda şaharlar, xatto mamlakatlarni özaro boğlovçi tezyurar poyezdlar paydo böldi.

Xitoy, Yaponiya va Yevropaning qator mamlakatlarida 300 kilometr masofani atigi bir soatda bosib ötuvçi poyezdlar oddiy transport turiga aylanib bormoqda. Tezyurar poyezd deb, temir yöllarda örtaça tezlikdan köproq harakat qiladigan poyezdlarga aytiladi. Tahlilçilar soatiga 140 kilometr tezlikda harakatlanuvçi poyezdlarni tezyurar deb, tezligi 200 kilometrdan oşadigan poyezdlarni yuqori tezlikdagi poyezdlar deb ataşadi.

Zamonaviy yuqori tezlikdagi poyezdlar soatiga 350—400 kilometr tezlikda harakat qiladi. Ayni damda tezligi 560—580 kilometr tezlikda harakat qiluvçi poyezdlar sinovi ötkazilmoqda.

Ilk bor yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi 1964 yilda Yaponiyada Sinkansen loyihasi böyiça yölga qöyilgandi. 1981 yildan boşlab esa Fransiyada xam yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnay boşladi. Keyinçalik bu jarayon Yevropa ğarbidagi deyarli barça mamlakatlarda kuzatila boşlandi.

XXI asr boşlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar yöllarining uzunligi va qatnovi böyiça Xitoy birinçilikka erişdi.       Tezyurar poyezdlarga möljallangan temir yöllar böyiça Xitoy oldingi örinni egallab turibdi. 2012 yilgi holatga köra Xitoy temir yöllarining uzunligi 9 ming 300 kilometrni taşkil qiladi. Şundan 1995 kilometrida poyezdlar soatiga 350 kilometr tezlikda harakat qiladi. Ayni damda bu mamlakatda yuqori tezlikda harakat qiladigan poyezdlarga e'tibor kuçaymoqda. Xitoyda yuqori tezlikda harakat qiluvçi poyezdlar uçun temir yöllar quriş asosan Davlat banklari va davlatga tegişli moliya institutlari tomonidan moliyalaştiriladi.

Rossiyada yuqori tezlikdagi “Sapsan” poyezdlari oddiy yöllarda 2009 yil söngida qatnay boşladi. Moskva-Sank Peterburg örtasida yuqori tezlikdagi poyezdlar uçun maxsus temir yöllarning quriliş loyihasi 2017 yilga borib yakunlanadi. 2018 yilda esa Moskva va Sankt-Peterburg örtasida tezligi soatiga 400 kilometrni taşkil qiladigan poyezdlar qatnovi yölga qöyiladi. Şu tariqa yölovçilar öz manzillariga 2,5 soat davomida yetib boradilar.

Hozirça yuqori tezlikdagi poyezdlar faqat yölovçilarga xizmat qilmoqda. Biroq Fransiyaning La Poste xizmati maxsus TGV elektrpoyezdlariga ega.

Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, hozirça tezyurar poyezdlar reaktiv samolyotlarning tezligiga yeta olmadi. Tan oliş kerak, bir şahardan ikkinçi şaharga yetib borişda samolyotlar poyezdlarga qaraganda ança qulaydir. Biroq aeroportlarning vokzallarga nisbatan şahardan uzoqdaligini esdan çiqariş kerak emas. Bu esa yölovçilarning şahardan aeroportga yoki aeroportdan şaharga borişlarida ança vaqt va xarajatlarni talab qiladi. Köplab şaharlarda aeroportga boriş salkam bir soatni taşkil qilişi sir emas. Vokzallar esa şahar markazida joylaşgan. Çiptalarni esa poyezd qözğalişidan 15 daqiqa avval xarid qiliş mumkin. Bu esa poyezdlarning samolyotlardan afzalligini isbotlaydi. Poyezdlardan foydalaniş, öz navbatida, içki yönalişda parvoz qiluvçi samolyotlar sonini kamaytirişi, bu samolyotlardan xalqaro yönalişlarda foydalaniş, nisbatan qimmat bölgan aviatsiya yoqilğisini iqtisod qiliş imkonini beradi.

“Yevrostar” (Eurostar) – London va Kent grafligini Fransiyaning Parij, Lill va Belgiya poytaxti Bryussel bilan boğlovçi temir yöl tarmoğidir. “Yevrostar” poyezdlari La-Manş böğozi tagidan ötib köhna qitani özaro boğlaydi. “Yevrostar” poyezdlarining ikkita turi mavjud.: Eurostar Three Capitals (inglizça “Uç poytaxt” demakdir) 2ta boş va 18ta yölovçi vagonlaridan iborat; Eurostar North of London (inglizça "London şimoli")da esa 14 yölovçi  vagoni bor.

Parij–Bryussel–Kyoln–Amsterdam yönalişida qatnovçi poyezdlarning tezligi soatiga 300 kilometrni taşkil qilib, yölovçilar Parijdan Bryusselga 80 daqiqada yetib olişlari  mumkin. Tez yurar poyezdlar öz yölovçilarini Londondan Parijga 3 soatda yetkazib qöyadi. Yaponiyaning E5 Shinkansen ekspressi soatiga 330 kilometr tezlikda Tokiodan Sin-Aomoriga uç soatda yetib boradi. Ispanda esa AVE poyezdlari soatiga 330 kilometr tezlikda xarakat qilar ekan, Madriddan Barselonagaça bölgan masofani ikki soatu 38 daqiqada bosib ötadi. Pekin–Tyantszin yönalişidagi poyezdlarning tezligi soatiga 360 kilometr bölib, yölovçilar öz manzillariga 30 daqiqada yetib olişadi.
  Fransiyalik iqtisodçilarning hisob-kitoblariga köra, tezyurar poyezdlarning işga tuşirilişiga sarflangan bir sent 4 sent foyda  bölib qaytgan. Taxlilçilarning sözlariga qaraganda, tezyurar poyezdlardan foydalaniş öşa davlatning iqtisodiy qudratini namoyiş etadi. Çunki tezyurar poyezdlarni ekspluatatsiya qiliş yangi iş örinlari yaratilişiga, infratuzilma va  zamonaviy texnologiyalarining rivojiga   sabab böladi. Yaqinda Rossiya telekanallaridan birida tezyurar poyezdlarga bağişlangan maxsus körsatuv böldi. Unda bu kabi poyezdlar qatnovi atigi 17ta davlatda yölga qöyilgani ta'kidlanadi. Bu davlatlar orasida “Nasaf”, “Şarq” va “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari qatnovini yölga qöygan Özbekistonning ham borligi köngilimizni toğdek kötardi. Bu ham bölsa bizning heç kimdan kam bölmaganimizni va kam bölmasligimizni yorqin isbotidir.

Şarofiddin Tölaganov