Futbol böyiça Özbekiston terma jamoasining 7 iyun kuni Avstriyaning Bad Valtersdorf şaharçasida Kanadaga qarşi ötkazadigan örtoqlik uçraşuvi arafasida Eurosport saytida uçraşuv natijasi uçun sörovnoma ötkazildi.

Öyin boşlanişiga yarim soat vaqt qolgandagi natijalarga köra, 75 foiz iştirokçi özbekistonliklarning ğalabasiga işonç bildirgan. Ayni vaqtga kelib sörovnomada qatnaşganlar soni 295 nafar.

20 daqiqadan keyin boşlanadigan örtoqlik öyinida Kanada terma jamoasi qizil, Özbekiston terma jamoasi kök libosda öynaydi.

Kanadaliklar boş murabbiyi Benito Floro va özbekistonliklar boş murabbiyi Samvel Babayan uçraşuv uçun tarkibni ma'lum qilgan.

Kanada: 22.Stamatopulos, 3. Jyeyms, 4. Yakoviç, 5. Edgar, 10. Hoylet, 12. Anri, 14. Piyet, 16. Arfild, 20. Uimett, 21. Larin, 23. Akindele

Özbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 2.Yegor Krimets, 8.Server Jyeparov, 9.Otabek Şukurov, 11.Igor Sergeyev, 13.Davronbek Hoşimov, 14.Javohir Sohibov, 15.Aleksandr Geynrix, 16.Akromjon Komilov, 20.Islom Töxtaxöjayev, 23.Eldor Şomurodov.

Foto: daryo.uz