Bozorda savdo qilayotgan Vafobekning yoniga kelgan xaridor töy qilayotganligini, töyga aroq tayyorlab berişini, uni şu iş bilan şuğullanadi, deb eşitganini, töyga 200 dona aroq kerak ekanligini aytadi. Vafobek unga ikki kunda 200 ta aroq tayyorlab berişini aytib, manzilni tuşuntiradi. Bu haqda “Huquq” naşri xabar bermoqda.
Ikki kundan keyin Vafobek xaridor yigitga qönğiroq qilib, buyurtmasi tayyor ekanligini, har bir aroqni 4000 sömdan hisoblab, pulini olib kelişi mumkinligini aytadi.
Farhod Vafobekka aytilgan pulni tutqazadi. Biroq bu savdo oxiriga yetmaydi. Vafobek öz uyida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan qölga olinadi.
Sud tomonidan Vafobek Yoqubov 3 yil muddatga axloq tuzatiş işlariga jalb etilib, undan olib qöyilgan aşyoviy dalillar esa qonuniy tartibda yöq qilindi.







