JÇ-2018 3-saralaş bosqiçiga tayyorgarlik olib borayotgan Özbekiston milliy terma jamoasi bugun Avstriyadagi yiğin doirasida Kanada terma jamoasiga qarşi bahs olib bordi.

Ançagina qiziqarli köriniş olgan bellaşuvda hamyurtlarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qöyişdi.

Birinçi bölimning dastlabki va oxirgi 15 daqiqalari Özbekistonning kiçik ustunligi ostida ötdi. Bu vaqtda Sergeyev va Şomurodov bir martadan yakkama-yakka vaziyatlardan foydalana olişmadi. Kanada esa özi ustunlikka erişgan birinçi bölimning örtasida "standart"dan hisobni oçdi.

62-daqiqada Eldor Şomurodov hisobni tenglaştirdi. Lekin öyinning 81-daqiqasida Akram Komilov kutilmaganda öz darvozasini işğol etib qöydi.

Şu tariqa Samvel Babayanning 8ta öyindan iborat ğalabali seriyasiga yakuniga yetdi.

Özbekiston – Kanada 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 20 Edgar, 1:1 – 62 Şomurodov, 1:2 – 81, Komilov (avtogol).
Özbekiston – Lobanov, Krimets (Azamov, 46), Hoşimov (Muhammadiyev, 60), Komilov, Töxtaxöjayev, Sohibov, Jyeparov (Hasanov, 77), Şukurov, Geynrix (Hamdamov, 69), Şomurodov (Qutiboyev, 84), Sergeyev.
Kanada – Stamatopulos, Edgar (Jyekson, 81), Uimet, Yakoviç, Jyeyms (Vitoriya, 14), Arfild, Pet, Xoylett (Petrasso, 81), Anri, Akindele (Haber, 60), Riketts (Hyum, 69).
Ogohlantiriş: Sohibov (67).