Suriya qöşinlarining Raqqa provinsiyasidagi olğa harakatlari, Rossiya qöllab-quvvatlayotgan hukumat armiyasining AQŞ kömagiga tayangan muxolifat kuçlari bilan özaro töqnaş keliş ehtimolini kuçaytiradi, deb yozmoqda Financial Times gazetasi.
Xabar qilinişiça, amerikalik mulozimlar voqealarning bunday rivojini rad etişayotgan bölsa-da, ekspertlar boşqaça fikrda. Ularning aytişlariça, Raqqa ostonalarida turgan ikkita armiya strategik muhim şaharni öz nazoratiga oliş uçun bir vaqtning özida hujum qilmasligiga heç qanday kafolat yöq.
Naşrga köra, bu qaltis vaziyat Suriyadagi şundoq ham keskin holatni yanada jiddiylaştirib, Rossiya va AQŞ örtasidagi taranglikni kuçaytiradi, xolos.
FT gazetasida çop etilgan boşqa bir maqola muallifining yozişiça, tomonlar mojaroga barham beriş uçun birga harakat qiliş örniga startegik ehtimolni kuçaytirib, raqibni ikki tomondan siquvga olmoqda.
Şu bilan birga, gazeta boşqa bir taxminni ham ilgari surgan. Unga muvofiq, Rossiya hukumat qöşinlarini tezroq harakat qilib, Raqqani egallaşiga undaşi mumkin. Bunda qaçonlardan beri yordam berişga va'da qilib kelayotgan amerikaliklardan öziga xos öç olinadi.
FTning qayd etişiça, Rossiya va AQŞ ayni vaqtda Raqqa böyiça öz harakatlarini muvofiqlaştirmoqda. Bu bir jihatdan maqtovga sazovor iş bölsa ham, AQŞning Suriya hukumat qöşinlari bilan hamkorlik qilişi isyonçilarning unga nisbatan işonçini çippakka çiqarişi mumkin.







