Ekspertlarning aniqlaşiça, amerikalik ayollarning 40 foizi va erkaklarning 35 foizi ortiqça vazndan aziyat çekişadi. Bu haqida New York Post xabar qildi.

Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universitetining tibbiy markazi parhezşunosi Dana Xannes bunday statistikani xavfli deb atadi.

Uning sözlariga köra, hukumatning vaznni kamaytiriş hamda soğlom ovqatlaniş borasida olib borayotgan işlariga qaramay, AQŞda semizlikdan aziyat çekuvçi aholi soni ösişda davom etmoqda.

Ortiqça vaznga ega amerikalik ayollar soni eng yuqori körsatkiçni qayd etdi, xuddi şu muammo qiynayotgan erkaklar soni esa taxminan ön yil avvalgi körsatkiç bilan bir xil darajada. 

1980 yillar boşiga qadar AQŞ katta yoşli aholisining atigi 16 foizi semizlikdan aziyat çekkan. Bugungi kunda esa bu körsatkiç 38 foizgaça ösdi.