Yaponiyaning Suzuki Motor kompaniyasi rahbari Osamu Sudzuki uşbu avtomobil korporatsiyasi bilan boğliq ziddiyat tufayli direktorlar kengaşini tark etadi. Bu haqida xabarida ma'lum qilindi.

"Kompaniya rahbari Osamu Sudzuki korporatsiyaning direktorlar kengaşi raisi lavozimini tark etadi, - deyiladi xabarda. - Şu bilan birga kompaniyaning texnologik jarayonlarga mas'ul bölgan rahbar örinbosari Osamu Xonda yoqilği iste'molini belgilaşdagi buzilişlar bilan boğliq muammoni uçun javobgarlikni öz zimmasiga oladi va iste'foga çiqadi".

Bundan avval Osamu Sudzuki uşbu nizo bois uzr söragan hamda "kelajakda bunday muammolarning bartaraf etilişi uçun barça çoralar körilişi"ga va'da bergan. 

Joriy oyning boşida davlat tergov guruhi öz maşinalarining yoqilği iste'molini belgilaşda qonunda qayd etilgan jarayonlarga amal qilmaganini tan olgan avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyaning ştab-kvartirasida xodimlarni söroq qilişni hamda hujjatlarni tekşirişni boşladi. Bu yerda gap içki bozor uçun işlab çiqarilgan 26 xil modeldagi 2,14 million avtomobil haqida ketmoqda. 

Suzuki Motor kompaniyasida umumiy hisobda 60 ming nafar xodim işlaydi, uning 2015 moliyaviy yildagi sotuv hajmi 3 trillion iyen (taxminan 27,5 milliard dollar)dan ortdi.