Islandiyalik aktyor, pauerlifter Xaftor Bernsson “Real” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronalduga tahdid qildi. Bu haqda Eurosport xabar bermoqda.
"Mening ismim Xaftor Bernsson. Men “Taxtlar öyini” serialidagi Goraman. Kriştianu Ronalduda gapim bor. Men sening Yevropa çempionatida birinçi öyinni Islandiyaga qarşi ötkazişingni bilaman. Agar mening jamoamga gol urişga hadding siğsa, unda seni topaman va boşingni majaqlab taşlayman. Buni Oberin Martell bilan qanday qilgan bölsam, öşanday qilaman", — dedi u özi tomonidan tayyorlangan videorolikda.
27 yoşli Xaftor Bernsson — “Yer sayyorasining eng baquvvat kişisi” musobaqalarining bir neça bor ğolibi hisoblanadi. 206 sm böyga ega Bernssonning vazni 170 kg.
Futbol böyiça Yevropa çempionati Fransiyada 10 iyundan 10 iyulga qadar bölib ötadi. Portugaliya va Islandiya öyini 14 iyunga belgilangan.







