Özbekistonda 2015 yilda noqonuniy aylanmadan 2,51 tonna giyohvand modda musodara qilindi. 2014 yilda bu körsatkiç 2,298 tonna bölgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy axborot-tahlil markazi.

2015 yilda huquq-tartibot muassasalari tomonidan 147,9 kg geroin (2014 yilda 106,5 kg), 882,3 kg opiy (881,9 kg), 1,025 tonna marixuana (802,9 kg), 250,2 kg gaşiş (100 kg) va 7,1 ming dona psixotrop tabletkalar (18,6 ming tabletka) musodara qilindi.

Markaz ma'lumotlariga köra, Özbekiston çegarasi orqali narkotrafik kanallarini aniqlaş va bartaraf etiş samaradorligini oşiriş maqsadida ötgan yili çegaraoldi hududlaridagi hamda Afğoniston va Tojikistondan Özbekiston hududi orqali tranzit bilan ötayotgan yuk poyezdlaridagi yaşirin joylarda egasiz afğon narkotiklarining yaşirilişi böyiça 50 ta holat aniqlandi.  

Özbekiston hududi orqali "şimoliy yönaliş" deb ataluvçi, Afğonistondan Rossiyaga opium va geroin yetkazib beriluvçi dunyodagi eng yirik narkotrafik ötadi. Bu yöl orqali yiliga 100 tonnagaça kuçli ta'sir qiluvçi giyohvand moddalar jönatiladi.