Adidas brendi 8 iyun - Jahon okeanlar kunini Parley Ocean Plastic dasturi bilan hamkorlikda adidas x Parley çeklangan krossovkalar kolleksiyasini işlab çiqariş bilan nişonladi.

Modelning yuqori qismi Maldiv orollarining sohil böyi hududlaridan, şuningdek noqonuniy çuqur suv tarmoqlaridan yiğib olingan qayta işlangan plastik çiqindidan yasalgan. Bu haqida kompaniyaning matbuot-relizida ma'lum qilindi. 

"Real Madrid" klubi boş murabbiyi Zinedin Zidan mazkur taşabbusni qöllab-quvvatladi: "adidas va Parley'ning hamkorligi ilhomlantiradi. Ularning çiqindini yugurişga möljallangan oyoq kiyimiga aylantiriş taşabbusi şundan dalolat beradiki, hattoki sayyorani ifloslantiruvçi çiqindi ham biror foydali narsa yaratişga xizmat qilişi mumkin ekan".

"Endi biz uşbu texnologiyani qöllab, poyabzal va kiyim-keçak yaratişimiz mumkin, uning ommaviy işlab çiqarilişini yölga qöyişga tayyormiz", - dedi Parley for the Oceans asosçisi Siril Gatç.

adidas x Parley krossovkalari sport brendining adidas Tailored Fibre Technology innovatsion texnologiyasidan foydalanib işlab çiqarilgan. 

adidas'ning Instagram va VK.com'dagi rasmiy sahifalari foydalanuvçilari plastikni köp marta işlatiş mumkinligi haqidagi video yozib, bir juft yangi krossovka yutib olişlari mumkin.  

Parley for the Oceans — okeanlarning naqadar çiroyliligi hamda ularning suvlari himoyalanmaganligi haqida jamiyatning xabardorlik darajasini oşiruvçi ijtimoiy taşkilot.

adidas brendi taşkilotning hammuassisi bölib, plastiklar bilan okeanlarning ifloslanişi bilan kuraşuvçi loyihada iştirok etmoqda.