IŞID Iroq poytaxti Bağdod şahridagi teraktlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi.
Al-Jazira telekanali ma'lumotiga köra, şaharda sodir etilgan ikkita portlaş oqibatida halok bölganlar soni 28 nafarga yetgan.
Bundan oldingi xabarlarda terakt hayotdan olib ketgan kişilar soni 22 nafarligi, yana 70dan ortiq kişi jarohatlangani haqida aytilgandi.
Portlaşlarning birinçisi Bağdod şahri şarqidagi şialar istiqomat qiluvçi Al-Jadid şahrida avtomobilga örnatilgan portlovçi qurilma harakatga keltirilişi orqali amalga oşirilgan.
Ikkinçi portlaş şahardan şimoldagi Tadji şahrida röy bergan. Bu yerda terrorçi minalaştirgan avtomobilni Iroq armiyasining nazorat-ötkazuv punktiga haydab borgan.






