Jaguar Land Rover avtokompaniyasi özining yangi sport krossoveri Range Rover Sport Coupe’ning yöl sinovlarini boşladi, deb xabar qilmoqda Motor1.com.
Yangi maşinaning rasmiy taqdimoti 2017 yil oxirida bölişi kerak. Ammo fotojosuslar uning Şotlandiyadagi testlarini suratlarga muhrlaşning uddasidan çiqişgan.
Britaniya kompaniyasi bayonotiga köra, avtomobil BMW X6 va Mercedes GLE Coupe’ga raqobatçi böla oladi.

Avtomobil Jaguar F-Pace platformasida barpo etilişi sabab, unga 3-litrli 340 ot kuçiga ega V6 dvigateli ham örnatilişi mumkin. Bundan taşqari, uning gibridli va töliq elektr rusumlari ham işlab çiqarilişi haqida avval xabar qilgan edik.








