«Mançester Yunayted» jamoasi «Real»ning uelslik hujumçisi Garet Beylni öz safiga qöşib oliş böyiça harakatlarni davom ettirmoqda.

Inglizlar klubi rahbariyati Beyl Angliya çempionatiga qaytişni istayotgani haqida ma'lumotga ega va bu transferning amalga oşişini osonlaştiradi.

Uşbu futbolçi uçun «Mançester Yunayted» 120 million yevro tölaşga tayyorligi aytilgan.

Uning «Real» bilan amaldagi şartnomasi 2019 yilgaça tuzilgan.

Manbaning ma'lumotiga köra, mançesterliklarning yangi boş murabbiyi özi tuzadigan jamoada Beylning ham bölişini istamoqda.

Unga rahbariyat yozgi transferlar uçun 250 mln yevro ajratgan.

Qayd etiş kerakki, «Mançester Yunayted» ötgan yilning yozida ham Beylni öz safiga qöşib olişga urinib körgan, lekin öşanda futbolçi «Real»da qolişni afzal körgandi.

Manba: Tribuna.uz