2016 yilning 9 iyun kuni Toşkent şahridagi Qozoğiston Respublikasi Elçixonasida Hamdardlik kitobiga Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi nomidan qayd kiritildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uşbu Hamdardlik kitobi Aqtöbe şahridagi terroristik xuruj qurbonlariga bağişlab mamlakatda milliy motam kuni e'lon qilinganligi munosabati bilan oçilgan.
5 iyun kuni radikal oqim a'zolari Aqtöbedagi ikkita qurol-aslaha dökoniga va harbiy qismga hujum qilib, 7 kişini öldirişdi. Otişmalar vaqtida jami 37 kişi turli darajada jarohat olgan. Jangarilarning 13 nafari aksilterror amaliyotlar natijasida yöq qilingan, yana 9 kişi qölga olingan. Ayni vaqtda 6 kişini qidiriş işlari davom etmoqda.
Mamlakatda Aqtöbedagi terakt qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni bölib ötmoqda.







