Özbekistonda butun dunyo böylab GM kompaniyasi uçun butlovçi qismlarni yetkazib beruvçilar taqdirlanadigan "GM Supplier Quality Excellence 2015" mukofoti taqdimoti marosimi bölib ötdi. 

"GM Operations Uzbekistan" prezidenti va boşqaruvçi direktori Xektor Villarreal, GM International hududiy yetkazib beruvçilari mahsulotining sifatini nazorat qiliş va rivojlantiriş direktori Jyeuel Şi hamda rahbariyat vakillari joylarda "GM Uzbekistan" yetkazib beruvçilari bilan ular tomonidan işlab çiqariladigan mahsulotlarning yuqori sifati uçun 11 ta "GM Supplier Quality Excellence Award" mukofotni beriş uçun uçraşdilar.

Uşbu mukofotga "Uz-DongJuPaint Co.", "Uz-Chasis", "Uz-Sungwoo" MÇJ QK, "Uz-SaeMyung Co." YoAJ QK, "Uz-EraeCable" MÇJ QK,  "Uz-Dong Won Co." YoAJ QK, "Uz-Erae Climate Control" MÇJ QK, "Kwangjin Autosistems" MÇJ QK, "Dzhizak battery plant" OAJ korxonalari loyiq deb topildilar.

Janob Villarreal yetkazib beruvçilarga öz işlariga sidqidildan yondaşişlari va "GM Uzbekistan" muvaffaqiyatiga qöşayotgan hissalari uçun minnatdorçilik bildirdi. Kompaniya vakillari va Şi xonim birgalikda işlab hal qiliş mumkin bölgan masalalarni örganiş va yaxşiroq anglaş uçun bir qator yetkazib beruvçilar zavodlariga taşrif buyurdilar.