Iroq taşqi işlar vaziri Ibrohim al-Jafariy Al-Falluja şahridagi IŞID terrorçilik guruhi hukumat qöşinlarining hujumini kutgan holda Qur'on kitoblari içiga portlovçi qurilmalar qöyayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Ahlul Bayt News Agency ma'lum qildi.
Jafariyning aytişiça, guruh qöllayotgan usullar islom ta'limotiga ziddir.
Uning aytişiça, Qur'oni Karimni bunday tahqirlaş guruhga qarşi kuraşayotgan Iroq qöşinining ğazabini yanada qözğatadi.
Iroq qöşinlarining Al-Fallujaga hujumi 23 may kuni boşlangan. Şahar 2014 yil yanvaridan beri IŞID qölida qolmoqda.
Avvalroq Al-Fallujadagi operatsiya boşlangandan beri 29 ta aholi punkti ozod qilingani ma'lum qilingandi.







