AQŞ prezidenti Barak Obama Afğonistonning "Tolibon" harakatiga qarşi kuraşayotgan Amerika harbiy xizmatçilari vakolatlarini kengaytirişni ma'qulladi, deb xabar qilgan Reuters axborot agentligi.

"Oq uy rahbari Barak Obama AQŞ harbiy kuçlarini toliblarga qarşi kuraşayotgan afğon kuçlariga yordam berişda qöşimça vakolatlar bilan ta'minladi", degan agentlikning Pentagondagi vakili. 

Uning sözlariga köra, bu ektremistlarga qarşi amaliyotlarda Amerika harbiy aviatsiyasidan köproq foydalaniş imkonini beradi. Ammo davlat rahbarining qarorini toliblarga qarşi aviazarbalar beriş böyiça bitim deb baholamaslik kerak, deya oydinlik kiritgan Pentagon vakili. 

Eslatib ötamiz, 2014 yil oxirida AQŞ va NATOning boşqa mamlakatlari Afğonistondagi "harbiy missiya"ni tamomlaganini e'lon qilgan va mamlakatdagi barqarorlikni nazorat qiliş vazifasini Afğon xavfsizlik kuçlariga topşirgan edi. 

AQŞ prezidenti dastlab, barça amerikalik harbiy xizmatçilarni 2017 yil boşigaça vatanlariga qaytarişni rejalaştirgan edi. Ammo Afğonistondagi vaziyat beqaror bölgani bois, öz fikrini qayta körib çiqişga majbur bölgandi. Şunday qilib, hozirda bu davlatda 9,8 ming amerikalik harbiylar xizmat qilmoqda. Kelasi yili bu raqam 5,5 minggaça qisqartirilişi mumkin.