Peru sobiq boş vaziri Pedro Pablo Kuçinski prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçida ğolib böldi. Perudagi saylov jarayonlari milliy idorasi tomonidan naşr etilgan ma'lumotlar şundan dalolat beradi. 

Ovoz beriş natijalariga köra, Kuçinski saylovçilarning 50,12 foiz ovoziga ega böldi. Uning raqibi sobiq prezident Alberto Fuximorining qizi - Keyko Fuximorini esa 49,88 foiz saylovçilar qöllab-quvvatladi. 

Saylovning birinçi bosqiçidan keyingi natijalarni örganib çiqqan Ipsos - Kuçinskining 50,4 foiz, Fuximorining 49,6 foiz ovoz töplaganini ma'lum qilgan edi.

GFK kompaniyasi söroviga köra, Kuçinski 51,2 foiz ovoz yiğib, Keyko Fuximoridan ustun kelgani xabar qilingan.