Buyuk Britaniyaning The Telegraph naşri Özbekistonni ziyorat qilişning 11ta sababini keltirdi.
Özbekiston bu - Bu yerda Buyuk ipak yölining eng yaxşi qismlari joylaşgan

Agar siz qadimiy Buyuk ipak yöliga qiziqib qolgan bölsangiz, ammo Xitoydan Turkiyagaça bölgan masofani kezib çiqişga vaqtingiz yetmasa, bu yönalişdagi uçta asosiy şaharni Özbekistondan topişingiz mumkin. Bu Xiva, Buxoro, Samarqand şaharlari bölib, bu yerdagi gözal minoralar, haşamatli gumbazlar va öziga jalb etuvçi mozaikalar maşaqqat bilan qayta tiklangan. Bu şaharlarni bir hafta içida ziyorat qilib çiqiş mumkin.
Xalqlar döstligi

Özbekistonning poytaxti Toşkent şahri 1966 yilgi zilziladan keyin butkul vayron bölgan. 300 ming kişi boşpanasiz qolgan, şaharning qayta tiklanişida Sobiq Ittifoq davlatlari iştirok etişgan. Şu tariqa şahar şarq va rus me'morçiligini özida uyğunlaştirgan. Şahar markazida joylaşgan "Özbekiston" mehmonxonasi öşa davr me'morçiligining yaqqol misolidir.
Moziyga sayohat

"Xiva - YuNeSKO tomonidan qöriqlanadigan va özbek oilalari hamda korxonalaridan iborat muzey-şahar. Unga VI asrda asos solingan bölib, Buyuk ipak yöli gullab-yaşnagan davrlarda bu şahar ham taraqqiy etgan. Köp sonli masjidlar, maqbaralar va madrasalar, egri-bugri köçalar mahorat bilan qayta tiklangan. Köçalar suvenir sovğalarga töla, bu yerdan qölda yasalgan çoynakdan boşlab an'anaviy boş kiyimlargaça topişingiz mumkin. Soat keçki beşdan söng mahalliy xalq uy-uyiga tarqaladi, şunda şaharni yolğizlikda tadqiq qiliş mumkin. Quyoş botayotgan paytda özingizni XII asrdagidek his etasiz", deya e'tirof etilgan maqolada.
Özingizga joy topa olişingiz mumkin

Özbekistonning qadimiy şaharlarida özbek töylariga taşrif buyuriş barça sayyohlik turlarida uçraydi. Şunga qaramay, har bir yirik şaharda sayyohlar u qadar köp emas. Xorijdan kelgan sayyohlardan köra içki sayyohlar köp bölgan joylarni ziyorat qiling, töylardagi odamlar esa kişilarga zavq ulaşadi. Oq köylakdagi kelinning X asrda qurilgan minora tagida turişi heç qaçon xotirangizdan ketmaydi.
Amir Temurning vatani

Özbek xalqi Amir Temurni özining milliy qahramoni sifatida tan olgan. Uning qöşini butun Markaziy Osiyo böylab şaharlarni zabt etgan, u Çingizxonning avlodidan bölgan qizga uylangan. Binolardagi portretlarda, pullarda va boşqa mahsulotlarda Temurning tasvirini köriş mumkin.
Rivojlangan mahalliy transport

Özbekistonning barça asosiy yönalişlari böyiça arzon içki aviareyslar, avtotrassalar va tezkor poyezdlar harakatlanadi. Hamma şaharlarda taksi va avtobuslar bor, Toşkentda metro mavjud.
Ayol sayohatçilar uçun xavfsiz joy

Markaziy Osiyodagi mamlakatlariga nisbatan Özbekistonda sayyohlarga qarşi jinoyat darajasi ança past. Özbeklarning taxminan 90 foizi musulmonlardan iborat, ammo bu yerdagi ayollar paranjiga öranmagan, aytiş mumkinki, ikkala jins vakillarining teng huquqliligi bu mintaqada kuçliroq namoyon bölgan.
Özbek ayollari Yevropa ayollariga nisbatan konservativroq kiyinişadi, şu bois bu yerga sayohatga otlanar ekansiz, yengli kiyimlar tanlang, ularning uzunligi tizzagaça bölsin. Mahalliy ayollar yorqin ranglardagi liboslarni xuş körişadi. Bunday kiyimlarni şu yerdagi bozorlardan bir neça dollarga xarid qilişingiz mumkin.
Ekzotik köriniş imkoniyati

Köpçilik Özbekistonni xaritadan tez topa olmaydi, şuning uçun avval uni osonlik bilan topişni örganing. Şundan sönggina tanişlaringizga dam oliş uçun tanlagan joyingiz haqida sözlab berişingiz mumkin, Özbekiston dunyo okeanlariga çiqiş uçun ikki mamlakat hududini kesib ötiş kerak bölgan dunyodagi ikkita mamlakatdan biri hisoblanadi.
Şopping uçun ajoyib joy

Temur va uning avlodlari Xiva, Buxoro va Samarqandga çiroy baxş etiş uçun hamma joylardan musavvirlar, me'morlar va kulollarni taklif qilişgan. Bu şaharlardagi masjidlar eng yaxşi fresk va mozaikalar bilan bezatilgan. Şunisi quvonarliki, Özbekistonda hunarmandçilik davom ettirib kelinmoqda, sayyohlar qölda bajarilgan kulolçilik buyumi, kaştaçilik namunalari, ipak matolar va miniatyuralarni madrasalardan bemalol xarid qilişingiz mumkin, bu yerda suvenirlar rastalari ham xizmat körsatadi.
Hayratlanarli darajada kosmopolit şaharlar

Toşkent va Buxorodagi hayot tarzi Yevropadagidek - köl böyidagi boğlar, xiyobonlar va şaharning diqqatga sazovor joylaridagi kafelar. Muzqaymoq, salqin içimliklar va kök çoy Özbekistonga uyuştirgan sayyohlik safarini yanada qiziqarli qiladi.
Ajoyib oşxona

Özbek milliy oşxonasi menyusida juda köp ajoyib taomlarni uçratiş mumkin: lağmon, qöy göştidan tayyorlangan şörva, sarimsoq va zira bilan tayyorlangan jiz. Har bir şahar özining palovi eng yaxşisi ekanligini ta'kidlaydi, ammo aslida palov hamma joyda mazali.






