Koreya Respublikasi prokuraturasi Lotte Group'ning boş qarorgohi, uning yettita şoxobçasi va rahbar xodimlarining uylarida tintuv ötkazgan. Nazorat organi xabar qilişiça, bu amaliyotlar öğirlik va boşqa noqonuniy harakatlarni amalga oşirişga oid gumonlar bilan boğliq. 

"Tintuv ötkazilgan şoxobçalar orasida - Hotel Lotte Co, Lotte Homeshopping telekanali va çakana savdo bilan şuğullanuvçi Lotte Shopping Co'lar ham bor", - deyiladi xabarda. 

Prokuratura vakillari kompyuter xotiralari, buxgalterlik va boşqa hujjatlarni musodara qilişgan. Guruhning bir qator yuqori lavozimli xodimlariga, tergov işi poyoniga yetgunça yaşaş joylarini tark etmaslik belgilab qöyildi. 

Huquq-tartibot idoralari Lotte'ni, şoxobçalari orasidagi pul ötkazmalarida firibgarliklarga yöl qöyiş orqali hukumat mulozimlarini sotib oliş va turli xil kampaniyalarni ötkaziş maqsadida yaşirin jamğarma taşkil etganlikda gumon qilmoqda.