Mart oyida sobiq restler va aktyor Xalk Xoganga sudda yutqazgan AQŞning Gawker Media yangiliklar internet-resursi kasodga uçradi va sotuvga qöyildi. Bu haqda naşrning rasmiy saytida çop etilgan xabarda ma'lum qilindi.
Xabarda aytilişiça, naşr rahbariyati mart oyida Florida ştati sudi Xoganga 140 mln dollar tovon puli tölaş majburiyatini qöygani sababli bu çoraga borişga qaror qilgan. Sud taftişiga naşrning Xoganning ruxsatisiz uning obrösiga putur yetkazuvçi videoni çop etgani sabab bölgan.
The Wall Street Journal gazetasi ma'lumotlariga köra, Ziff Davis noşirlik kompaniyasi Gawker Media’ni 90 mln dollarga sotib olişga tayyorligini bildirgan. The New York Times gazetasi ma'lumotlariga köra, Gawker Media rahbariyati naşr xarid qilingandan keyin ham işini davom ettirişiga umid qilmoqda.
Şov-şuvlarga sabab bölgan video naşrda 2012 yilda çop etilgan. Unda Xogan öz döstining rafiqasi bilan tasvirlangan. Sobiq restler şundan keyin naşr ustidan sudga şikoyat qilib, undan 100 mln dollar tovon puli talab qilgan. Aktyor advokatining aytişiça, naşr qonunni buzgan, çunki Xogan va boşqa manfaatdor tomonlarning ruxsatisiz videoni çop etib, buning orqasidan foyda körmoqçi va aktyorning obrösiga putur yetkazmoqçi bölgan.







