Rossiya Federatsiyasi rivojlangan demokratik davlat barpo etiş yölida işonç bilan odimlamoqda. Qirğiziston davlat rahbari Almazbek Atambayev Rossiya kuni munosabati bilan prezident V. Putinga yöllagan tabrik maktubida şunday sözlarni keltirgan. 

"Kun sayin Rossiyaning xalqaro maydondagi obrösi ortib bormoqda. Işonçim komil, uning örni qirğiz-rossiya strategik hamkorligining birgalikda çoralari tufayli xalqlarimiz kelajagi uçun yanada mustahkamlanadi", - deyiladi Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati tarqatgan telegrammada. 

Atambayev şuningdek, Rossiya kuni bilan Rossiya prezidenti va xalqini "çin yurak"dan tabriklagan. U RF rahbariga "öz rejalarini amalga oşirişda muvaffaqiyatlar", Rossiya xalqiga esa "baxt, gullab-yaşnaş va farovonlik" tilagan.