Amerikalik qöşiqçi, The Voice şousi iştirokçisi Kristina Grimmi şifoxonada hayotdan köz yumdi. Bu haqda CNN telekanali xabar tarqatgan.

"Afsus bilan tasdiqlaymizki, Kristina Grimmi öqotar quroldan olingan jarohatlari tufayli vafot etdi", deya yozilgan hudud politsiyasining tvitterdagi sahifasida.

Orlandodagi (Florida, AQŞ) konsertidan söng 23 yoşli qöşiqçiga ikkita töpponça bilan qurollangan noma'lum şaxs yaqinlaşib kelgan va öq uzgan.

Bu vaqtda Grimmi va Before You Exit guruhi a'zolari konsertdan söng muxlislarga dastxat berayotgan edi. Qotil qöşiqçini otgaç, özini öldirgan.