Angliya terma jamoasining Marsel şahri köçalarida bölib ötgan tartibsizliklar vaqtida oğir jarohat olgan 2 nafar muxlisidan birining jarohati tafsifi keltirildi. BFM TV ma'lumotiga asoslanib, Tribuna.uz sayti xabar berdi.

Yevro-2016 doirasida Angliya – Rossiya uçraşuvidan oldin Marselda bölib ötgan ingliz, fransuz va rus guruhlari iştirokidagi töqnaşuvlar vaqtida jarohat olib, behuş holatda şifoxonaga olib ketilgan bu muxlis ölim yoqasida qolmoqda.

Uning boşiga tartibsizliklar vaqtida armatura bilan urilgan.

«Unda infarkt yuz bergan, u şifoxonada reanimatsiya xonasiga yotqazilgan, uning hayoti xavf ostida. Bu şaxs omon qolişi dargumon», – degan Buş-dyu-Ron departamenti politsiyasi vakili Loran Nunes.

Marsel şahrida 11 iyun kuni sodir bölgan töpolonlar vaqtida jami 31 kişi jarohatlangan, ulardan 4 nafarining jarohati jiddiy. Şuningdek, 3 nafar politsiyaçi yengil darajada şikastlangan.