Rossiya terma jamoasi Yevropa çempionatining guruh bosqiç doirasidagi ilk uçraşuvini Angliyaga qarşi ötkazdi. Marsel şahridagi «Velodrom» stadionida keçgan uçraşuv 1:1 hisobida yakunlandi. 

Rossiyaliklar birinçi bölimda töliq himoyalanişdi. «Şerlar» esa tinimsiz hujumlar uyuştirdi, lekin Igor Akinfeyev bir neça marta jamoasini saqlab qoldi. 

Ikkinçi bölim boşida Rossiya xavfli vaziyatlar yaratdi lekin bu vaziyatlar golga aylanmadi.

72 daqiqada Georgiy ŞÇennikovning qoida buzişidan keyin belgilangan jarima zarbasini Erik Dayyer golga aylantirdi.

Öyin inglizlar ğalabasi tomon ketayotgan pallada Vasiliy Berezutskiy özini körsatdi va boşi bilan töpni darvozaning özidan olisdagi burçagiga joylab qöydi 1:1.

Ayni vaqtda V guruhida Uels terma jamoasi 3 oçko bilan peşqadam. Rossiya va Angliya bittadan oçkoga ega. Slovakiya oxirgi örinda.

Angliya – Rossiya – 1:1
Gollar: Dayyer, 73 (1:0); V. Berezutskiy, 90+2 (1:1).
Ogohlantirişlar: Kexill, 62 – ŞÇennikov, 72.