Futbol böyiça Ukraina terma jamoasining kuçli tomoni qarşi hujumlar hisoblanadi. Bunday fikrni uçraşuv oldi matbuot-anjumanida Germaniya boş murabbiyi Yoaxim Lyov aytib ötdi.

Yevropa çempionatining guruh bosqiçidagi Germaniya va Ukraina örtasidagi uçraşuv 12 iyunda Lillda bölib ötadi. Uçraşuv tungi soat 00:00da boşlanadi.

"Bu haftada biz raqibni tahlil qildik. Ukraina juda jadal futbol öynaydi va ular barça 90 daqiqa yuqori sur'atlarni uşlab tura oladi. Jamoaning eng xavfli qurollaridan biri – tezkor qarşi hujumlardir. Ukraina terma jamoasi safida öyinning bu uslubiga juda mos keluvçi 3-4 öyinçi bor", deb aytdi Lyov.

Lev yakşanba kundagi uçraşuvga Germaniyani sardorlik boğiçida maydonga olib tuşadigan futbolçi nomini aytmadi. Bastian Şvaynştayger mart oyida tizzasidan jarohat olgan, biroq jamoa tarkibiga kiritilgan. "Sardorni ertaga aytaman, Şvaynştayger men uçun jamoa sardori bölib qoladi va u musobaqada aniq öynaydi. Agar u çiqmasa, unda bizda bu rol uçun nomzodlar talaygina: Xedira, Xummels, Myuller, ularning barçasi birdek qimmatli öyinçilar", deb aytdi Lyov.

Murabbiy Germaniya uçun u favorit hisoblanadigan öyinlar oson bölmasligini ta'kidlab ötdi. "Keça biz Fransiya qanday qiyinçilik bilan ruminlarni yutganini kördik. Heç narsa kutilmaydigan jamoalar borgan sari mudofaada yaxşi öynamoqdalar. Ruhiy bosimga kelsak, biz uçun bu muammo bölmaydi. Oxirgi yillarda bizning jamoa yirik musobaqalarning yarimfinal va finallarida bir neça bor öynagan, öylaymanki, biz bosimni yenga olamiz", deb qöşimça qildi Lyov. 

Germaniya bilan bir guruhda Ukrainadan taşqari, Polşa va Şimoliy Irlandiya ham öynaydi.