Qozoğistonlik şifokorlar mamlakat ğarbidagi Aqtöbe şahrida 5 iyun kuni sodir etilgan qöporuvçiliklarda jarohat olganlarga tibbiy yordam körsatişda davom etmoqda. 

Respublika soğliqni saqlaş va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi ma'lumotiga köra, şahar şifoxonalarida 8 kişi davolanmoqda. Ularning ahvoli örta oğir, deb baholanayapti. Yana bir kişi Ostonadagi neyrojarrohlik Milliy markaziga keltirilgan. 

Aqtöbe viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasining sönggi ma'lumotlariga binoan, 5-13 iyun kunlari oraliğida, şahar statsionarlariga jami 40 kişi keltirilgan, ularning 17 nafari ambulator davolanişga yuborilgan. 23 kişi şifoxonaga yotqizilgan, ularning 3 nafari hayotdan köz yumgan, 12 kişi davolangan.