Jon Çuning "Aldov illyuziyasi 2" filmi MDH kinoprokatining yetakçisiga aylandi, deb xabar beradi Kinobusiness.com norasmiy va dastlabki ma'lumotlarga tayanib.
Dunyoning eng yaxşi illyuzionçilari jamoasining sarguzaştlari haqidagi kinokartina debyut hafta - 9-12 iyun uçun 470,5 million rubl işladi.
Ikkinçi örinni Dunkan Jonsning "Varkraft" filmi egalladi. Odamlar va orklar uruşi haqidagi fentezi-blokbaster mana uç haftadirki, top-röyxatda qatnaşib kelmoqda, film bu hafta davomida 102,7 million rubl töpladi, undan tuşgan umumiy mablağ esa 1338,1 million rublga yetdi.
Uçinçi örindan 101,2 million rubl (umumiy mablağ - 512,4 ) işlagan "Ninzya-toşbaqalar 2" kartinasi joy olgan. Undan keyingi 4- va 5- örinlarda boş rollarni Mia Vasikovska va Jonni Depp ijro etgan "Alisa Oynaorti mamlakatida" filmi hamda Rayan Gosling va Rassel Krou aktyorlik tarkibida suratga olingan "Ajoyib yigitlar" kartinasini köriş mumkin.
May oyining oxirida MDH kinoprokatida "Varkraft" filmi yetakçilik qilgan.







