Bill Geyts - zamonamizning eng badavlat odamlaridan biri. Uning moliyaviy holati 2016 yilning may oyiga köra, 76,4 milliard dollarga baholangan.
U bu pullarni öz aqli va işbilarmonligi bilan işlab topgan. Şu bois biz sizlarga Bill Geytsning öz blogida yozib qoldirgan maslahatlariga quloq solişni tavsiya etamiz.
Ma'lumki, Bill Geyts ançadan beri xayriya işlari bilan şuğullanadi va ularga ulkan miqdordagi mablağlar sarflaydi. U rahbarlik qiladigan fondning yönalişlaridan biri - qaşşoqlik bilan kuraşiş. Geytsning blogida qoldirilgan yozuv aynan şu töğrisida.
Agar kundalik daromad 2 dollarni taşkil qilsa, dunyodagi eng boy inson qanday yöl tutar edi?
"Albatta, barça mamlakatlar va har qanday vaziyatlarda iş beradigan yagona yöl-yöriq yöq. Barça mamlakatlardagi qaşşoqlik bir-biriga öxşamaydi. Men öz fondimdagi faoliyatim davomida köp holatlarni kördim va odamlarni aynan tovuq boqiş qutqarayotganiga guvoh böldim. Men bu haqida köp ma'lumotga ega böldim va işoning, sietllik şahar bolasiga bu haqiqiy yangilik böldi! Endi men qaşşoqlikdan faqat tovuqlar yordamida qutuliş mumkinligiga işonaman.
Agar men faqir bölib qolsam, parrandaçilik bilan şuğullangan bölardim".
Bu maslahatidan söng Bill Geyts bir neça dalillar keltirib ötdi.
1. Tovuq boqiş oson, ular alohida yondaşuvni talab qilmaydi. Ularning ba'zi turlari hamma narsani yeyişi mumkin. Tovuqlarga faqatgina kiçik boşpana kerak, uni ham qölda yasasa böladi. Tovuqlarga atigi bir neça marotaba vaksina qilsa bölgani.
2. Bu yaxşi investitsiya. Aytaylik, boşlovçi fermerning beşta tovuği bor. Uç oydan keyin fermerning yana 40taça jöjasi böladi. Agar bir tovuqning bahosi 5 dollar bölsa, u holda fermer bir yilda 1000 dollar atrofida pul işlab oladi.
3. Bu bolalarning soğliğini saqlaşga yordam beradi. Oçlikdan bir yilda 3,1 million bola nobud bölmoqda. Tuxum va tovuq göşti bu kulfatni bartaraf etişi mumkin. Buning natijasida bolalar özlariga zarur oqsillar va mikroelementlar bilan ta'minlanadi.
4. Bu ayollar uçun huquq va imkoniyatlarni kengaytiradi. Köp mamlakatlarda ayollar xali ham teng huquqli emas, ularda pul topiş va öz işini yölga qöyiş imkoni yöq. Tovuq boqiş an'analarga qarşi çiqmagan holatda bu vaziyatni töğirlaşi mumkin.
Bill Geyts öz murojaatining sönggi qismida avvallari bu masalaga heç qanday e'tibor qaratmagani va faqatgina hozir dunyo oldida qanday ulkan muammolar turgani hamda biz ularning yeçimini topişga qançalik ojiz ekanimizni anglab yetganidan xafaligini izhor etdi.







