Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğan AQŞ prezidenti sifatida Barak Obama saylanganidan keyin, ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar rivojlanişidan köngli tölmayotganini bildirdi, deb xabar qilmoqda Hurriyet Daily News.

Davlat rahbarining söziga köra, mamlakatlar örtasidagi iqtisodiy va taşqi siyosatdagi özaro hamkorlik yaxşilaniş örniga yomonlaşgan. Bundan taşqari, AQŞning IŞIDga qarşi kuraşida Turkiya bilan hamkorligi ham havas qilgulik emas. 

"Şunday bölsa-da, bularning barçasida birgina AQŞni aybdor sanaş notöğri bölur edi", - degan Turkiya prezidenti. 

Bundan taşqari, Turkiya rahbari, Rossiya bilan hamkorlikka töxtalar ekan, uning 2015 yil noyabrida Rossiya harbiy kosmik kuçlariga tegişli Su-24M bombardimonçi samolyotining urib tuşirilguniça, ikki davlat örtasidagi aloqalar juda yaxşi bölganini e'tirof etib, uşbu munosabatlar tiklanişiga umid bildirgan.

Uning aytişiça, Rossiya bilan Turkiya örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş AQŞ bilan savdo aloqalaridan köp bölgan va buni yiliga 100 mlrd dollarga çiqariş borasida harakat olib borilayotgan bölgan.