Facebook ijtimoiy tarmoği AQŞ hududida birinçi marta Safety Check ("Xavfsizlikni tekşiriş") xizmatini faollaştirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bunga Orlandodagi klubga uyuştirilgan hujum sabab böldi.
Yangi funksiya foydalanuvçi döstlariga u qandaydir fojia joyi yaqinida bölgandan keyin uning ahvolini bilişga imkon beradi. Funktsiya tegişli axborotni tezkorlik bilan olişga va fojia hududidagi döstlar bilan boğlanişni taklif qiladi.
Agentlikning ma'lum qilişiça, Facebook 2015 yil kuzda Parijdagi teraktlardan keyin Safety Check keç faoallaştirilgani uçun tanqid qilingandi. Foydalanuvçilar bu funksiyaning Bryussel aeroporti va metrosidagi portlaşlardan keyinoq işga tuşirilişini talab qilişgan va ijtimoiy tarmoqning sustligi uçun tanqid qilişgan.
12 iyunga ötar keçasi afğon millatiga mansub AQŞ fuqarosi Omar Matin Orlandodagi tungi klubga hujum qilgan. U klubdagi odamlarni öqqa tutib, ulardan bir neçasini garovga olgan. Hujum oqibatida 50 kişi halok bölgan, 53 kişi yaralangan. Uşbu jinoyat uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.







