Maşhur qirğiz siyosatçisi Dastan Sarigulov respublikaning Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) xodimlari tomonidan mamlakat hukumatini qölga olişga harakat qilişda gumon qilinib qölga olindi. Bu haqida 13 iyun kuni MXDQ xabar qildi. 

"Sarigulov bir qator şaxslarning hukumatni zörlik bilan qölga olişga tayyorgarlik borasidagi ayblovlari böyiça jinoiy tergov doirasida qölga olindi", - deyiladi xabarda.

Siyosatçi "gumon qilinayotgan şaxs" sifatida vaqtinçalik hibsga olingan. 

Joriy yilning bahor faslida Qirğiziston maxsus xizmat xodimlari bir qança taniqli jamoat arboblarini davlat töntaruvida ayblab qölga olişgan. Uşbu röyxatda Sarigulov ham bölib, u uy qamoğiga hukm qilingan edi. 

Endi unga "korrupsiya" böyiça ayblov qöyilişi mumkin. "MXDQ tergov bölimi tomonidan "Kumtor" loyihasi böyiça jinoyat işi doirasida "Kameko", "Kumtor Opereyting", "Kumtor gold", "Tsenterra gold" kompaniyalarining sobiq prezidenti Leonard Xomenyukning arizasi körib çiqilmoqda, unga köra, "Qirğizoltin" kompaniyasining sobiq prezidenti Sarigulovning harakatlarida korrupsiya alomatlari qayd etilgan", - deya körsatilgan hujjatda. Sarigulov 1992-1999 yillar mobaynida mazkur oltin konidagi iş jarayonlariga boşçilik qilgan. 

2015 yilda Kumtor konidan 16 tonnadan ortiq oltin qazib olingan.