Yevropa çempionati doirasida futbol fanatlari bilan boğliq navbatdagi hodisa yakşanba kuni Lill şahrida sodir böldi. Şu şaharda özaro uçraşuv ötkazadigan Ukraina va Germaniya terma jamoalari muxlislari töqnaşgan. Bu haqda mahalliy La Voix du Nord naşri xabar tarqatgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, nemislarning 30 kişidan iborat guruhi Gran-Plyas maydonida ukrainalik muxlislarga hujum qilgan. Vaziyatga politsiyaçilar aralaşgan va janjal bartaraf etilgan. Germaniya fuqarosi bölgan bir şaxs qölga olingan.
Germaniya va Ukraina terma jamoalari bahsi Toşkent vaqti bilan soat 23:55da boşlanadi.
11 iyun kuni Marselda Rossiya – Angliya uçraşuvi arafasida va öyindan keyin angliyalik va rossiyalik fanatlar iştirokida töqnaşuvlar bölib ötdi.
12 iyun kuni UYeFA Rossiya va Angliya terma jamoalarini muxlislar töqnaşuvi davom etadigan bölsa, Yevropa çempionatidan çetlatişi mumkinligidan ogohlantirdi.







