Amerikada, Floridadagi ommaviy qotillikda ayblanayotgan Omar Matinning sobiq xotini uning soğliğida ruhiy jihatdan jiddiy muammolar bölgani hamda eri unga nisbatan tajovuzkorona munosabatda bölganini aytib ötdi.
Orlandodagi tungi klubda 50 kişini öldirgan 29 yoşli Omar Matin avval özbekistonlik Sitora Yusufiyga uylangan bölgan. U sobiq erining yovuz xulq-atvori va beqaror ruhiy holati haqida sözlab berdi.
Sitora The Guardian naşriga bergan intervyusida 2009 yilda Omar Martin bilan internet orqali tanişganini aytgan. Tanişuvdan bir neça hafta ötib, u Omarga turmuşga çiqişga rozilik bergan va Floridaga köçib ötgan. Juftlik yigitning oilasiga tegişli Fort-Pirsdagi uyda yaşagan. Biroq bir neça oydan söng Sitoraning ota-onasi qizining kaltaklanayotganidan xabar topib, uni bu yerdan olib ketgan. Juftlik 2011 yilda rasman ajraşgan.
Sitoraning ma'lum qilişiça, dastlab Omar oddiy odamdek tuyulgan, ammo keyinçalik özining beqaror xulq-atvorini körsata boşlagan.
"Uyga kelib, şunçaki kir yuvişni tugatib ulgurmaganim uçun ham kaltaklab ketardi. Ota-onam meni undan tortib olib ketişdi", - deya tan oladi u.
Matin voyaga yetmaganlarning qamoqxonasida qöriqçi bölib işlagan, bundan taşqari trenajyor zaliga tez-tez çiqib turgan. Qizning yodga olişiça, u kamgap bölgan, ammo u qadar dindor bölmagan. Ayolning ta'kidlaşiça, Omarning terrorçi taşkilotlarga aloqasi bor yo yöqligini aytiş qiyin.
"Har holda u menga buni bildirmagan", degan Sitora.
Sitora öşa paytlarda Omarning qonuniy yöl bilan qölga kiritgan öqotar quroli bölganligini aytdi.
"U politsiyaçi bölişni istardi", - dedi jinoyatçining sobiq xotini.
U Matinda bipolyar buziliş bölgani hamda oxirgi 7-8 yil içida ularning orasida heç qanday munosabatlar bölmaganini qöşimça qildi.
"Uning qilgan jinoyatini aytişganida hayratga tuşdim", - dedi Sitora.
12 iyunga ötar keçasi Omar Matin Orlandodagi klubda 50 kişini otib, 53 nafari kişiga tan jarohatlari yetkazdi.






