Madridning «Real» jamoasi himoyaçisi Serxio Ramos terma jamoaga jalb qilingan öz jamoadoşlari hamda «Barselona» futbolçilari orasida heç qanaqa muammolar yöqligi qayd etdi.

Qayd etiş kerakki, Ispaniyadagi bu ikki grand jamoa futbolçilari içki çempionat doirasidagi özaro öyinlarda maydonga "bir-birini yançib taşlaş" uçun tuşadi. Bu holat ayniqsa «qaymoqranglilar»ni Joze Mourino boşqargan vaqtlarda kuçaygandi.

«Qaçonki «Real» va «Barselona» a'zolari Ispaniya terma jamoasi safiga kelganida ular birgalikda katta maqsadlar sari yöl boşlaşadi. Biz birgalikda bir-birimizni yaxşi tuşungan holda öynaymiz. Bizni bir maqsad va bir mamlakat birlaştiradi. Şunday ekan biz yanada yaxşiroq öynaşga intilamiz. Milliy terma jamoa safida barça boşqa gerblar haqida unutadi», — deya Ramosning sözlaridan iqtibos keltiradi Tribuna.uz.

Ispaniya terma jamoasi Yevropa çempionatidagi ilk öyinini bugun Toşkent vaqti bilan soat 18:00da Çexiya terma jamoasiga qarşi ötkazadi.