Oylar şohi Mohi Ramazon sabab dillarimiz halovatdan, köngillarimiz xotirjamlik va şukronalik tuyğularidan suv içmoqda. Bu ham bölsa, yurtimizdagi tinçlik-xotirjamlikning mevasi. Zero, yurti tinç,sarhadlari daxlsiz mamlakatda odamlar emin-erkin ibodat qiladi, öz ruhiy extiyojlarini qondiradi. Şukrki, yurtimizning barça masjidlarida tarovih namozlari, Rözai Ramazon ibodatlari emin-erkin ado etilmoqda. Buning uçun barça şart-şaroitlar yaratib berilmoqda.
Şu jumladan, Toşkent şahar Şayxontohur tumanidagi Şayx Zayniddin jome masjidi jamoasi bu yilgi Ramazon oyi ibodatlarini har yilgidan köra kötarinkilik va yuksak iştiyoq ila ötkazmoqda. Odilxon qori Yunusxon öğli boşçiligidagi masjidda ibodatga kelganlar uçun barça şart-şaroitlar yaratilişiga katta e'tibor berilmoqda. Ibodat amallarining tinç va osoyişta ötişiga mas'ul bölgan turli taşkilotlar vakillari bilan bahamjitlikda iş olib bormoqdalar. Eng muhimi, bundan yurtdoşlarimiz xursand. Ana şunday qutluğ, falak darvozasi oçiq böladigan uluğ damlarda yurtga tinçlik-farovonlik, dasturxonlarga tökinlik, qut-baraka sörab, duolar qilişmoqda.







