Şanxayning "Pudun" aeroportida pivo idişidan yasalgan qölbola portlovçi qurilma portladi. Bu haqda Şanxay ma'muriyati matbuot xizmati "Veybo" mikroblogida ma'lum qildi.
"Bir erkak ryukzagidan pivo idişidan tayyorlangan portlovçi qurilmani olib, uni röyxatdan ötiş ustuni yaqiniga uloqtirdi. Portlaşdan keyin erkak ryukzagidan piçoq olib, uni böynining orqa qismiga sançdi", deyilmoqda xabarda.
Ayni vaqtda erkak oğir ahvolda şifoxonada qolmoqda. Portlaş oqibatida 5 kişi, jumladan Filippin fuqarosi jarohat olgan. Aeroport odatdagi tartibda işlamoqda. Politsiya voqeani tergov qilmoqda.







