Maltalik suratkaş Jyennot Kyunzel bir qator makro-suratlarda suv osti dunyosining naqadar gözalligini körsatib berdi.

Suratkaşning sözlariga köra, u suv osti dunyosini yigirma yildan ortiq örganib kelmoqda. Şu vaqt içida Kyunzel dengiz jonzotlarining minglab fotosuratlarini yaratdi, lekin uning eng yoqtirgan işi - qurollanmagan köz bilan körib bölmaydigan suv osti mavjudotlari. Bu haqida Earth Touch ma'lum qildi. 

"Har safar suv ostiga şönğiganimda özim uçun qandaydir yangilik kaşf qilaman, şu bois men navbatdagi işimdan nimani kutişni bilmayman", - deydi suratkaş.

Kuçli qiziqiş tufayli Kyunzel öz vaqtini muntazam ravişda dengizda suzib, suv ostidagi hayotni suratga oliş bilan ötkazadi.