Ukrainaning Qozoğistondagi elçixonasi, Qozoğiston parlamenti quyi palatasi vitse-spikeri Vladimir Bojkoning ukrain siyosatçisi Irina Farion haqida aytgan sözlariga izoh berdi. 

Bojko 10 iyun kuni Qarağandadagi etnik madaniy markazlar vakillari bilan uçraşuvida Irina Farion şa'niga haqarotomuz sözlar aytgan edi. 

"Men xohlardimki, rus tilida gaplaşadiganlar ongi oqsoq kişilardir, degan "fohişa" Farionni hayotning özi ta'zirini bersin", — degan majlis vitse-spikeri. 

"Ofitserlar ayollarni bu kabi xaqorat qilişi ordir. Çunki ofitserlik şunçaki oddiy narsa emas. Işonamizki, qozoğistonliklarning özlari, ularning onalari, rafiqa va qizlarini "rus tilida" sözlaşuvçilar şunday sözlar bilan haqorat qilişiga rozi bölişmaydi" — deyiladi izohda. 

Ma'lum bölişiça, Vladimir Boyko general-leytenant unvoniga egadir.