2016 yilning 8 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “XII Xalqaro özbek paxta va töqimaçilik yarmarkasini taşkil etiş va ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori qabul qilindi. Unga köra, joriy yilning 12–13 oktabr kunlari Toşkent şahrida XII Xalqaro özbek paxta va töqimaçilik yarmarkasi bölib ötadi.
Ta'kidlaş joizki, 2005 yilda Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan uşbu yarmarka dunyo iqtisodiy hayotidagi muhim tadbirlardan biriga aylandi. Hozirda mazkur yarmarka jahondagi köplab yetakçi işlab çiqaruvçilarni öziga jalb qilmoqda. Paxta tolasi va töqimaçilik mahsulotlarini sotiş böyiça bozor mexanizmlarini yanada rivojlantiriş, özbekistonlik işlab çiqaruvçilar hamda ularning xorijlik hamkorlari örtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaşga kömaklaşmoqda.
Uşbu yarmarkaning taşkillaştirişda Xalqaro paxta assotsiatsiyasi, Paxta böyiça xalqaro konsultativ qömitasi, “Cotton Outlook” xalqaro agentligi va Xalqaro töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçilar federatsiyasi singari nufuzli halqaro taşkilotlar doimiy hamkorlik qilib keladi.
Joriy yilgi yarmarka “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “Özbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Özbekiston qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Özbekiston Respublikasi tovar-xomaşyo birjasi, Özbekiston “Sifat” markazi va boşqa tegişli tuzilmalar kömagida taşkil etiladi.
Asosiy tadbirlar “Özekspomarkaz” kompaniyasining körgazmalar zalida ötkaziladi. Xalqaro özbek paxta va töqimaçilik yarmarkasidagi konferensiyalar hamda muloqotlarda jahon paxta va töqimaçilik bozorining yetakçi vakillari tomonidan Özbekiston va dunyoda paxta tolasi işlab çiqariş, savdo va investitsion hamkorlikni kengaytiriş kabi köplab masalalar muhokama qilinişi va özaro manfaatli oldi-sotdi şartnomalari imzolanişi kutilmoqda.
Yarmarka haqidagi ma'lumotlar bilan www.cottonfair.uz sayti orqali tanişiş mumkin.
"Özpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi Matbuot xizmati.






