poniya hukumati Hokkaydo, Simane va Yamagauti prefekturalari sohillaridagi okeanostini örganiş işlarini kuçaytiradi, deb yozmoqda "Iomiuri" gazetasi.

Olib boriladigan işlar rejasi 2017 yil yanvar oyiga tayyor böladi. Hukumat, kamida 20 ming kvadrat kilometr şelfni örganadi, buning uçun dengizga takomillaşgan qurilmalarga ega kemalar çiqariladi. Bundan taşqari, xususiy kompaniyalar ham jalb etiladi. Mamlakat hukumati şuningdek, 43 ming kv km maydondan töplangan ma'lumotlarni tahlil qiluvçi dastur işlab çiqarişni rejalaştirgan. 

Avvalroq, Yaponiya hukumati, mamlakatning Aiti va Mie prefekturalarining Yapon dengizi sohillarida aniqlangan metangidrat konlaridan metan gazini qazib olişni şu yilning kuzidan boşlaşi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Yaponiya 2013 yil martida, dunyoda birinçi bölib, Tinç okeani ostida aniqlangan metangidrat konidan tabiiy gaz qazib olişni boşlagandi. 

Metangidrat - bu metan gazining suv bilan aralaşmasi bölib, taşqi körinişidan qor yoki qorga öxşab erigan muzga öxşab ketadi.