AQŞning eng maşhur ramzi nima ekanligi haqidagi savolga dunyoning istalgan yerida yaşovçi aholi qiynalmay javob bera oladi. Şubhasiz, bu – Amerika Ozodlik haykalidir.
Ammo uşbu maşhur haykalning qiyofasida aynan qaysi ayolning qiyofasi gavdalantirilganligi, haykalning yaratilişi tarixi, Ozodlik haykalining töliq nomi esa “Ozodlik, dunyoni yoritadi” deb atalişi ham hammaga ayon emas.

Şunday qilib, Mustaqillik va demokratiya ramzi sifatida Ozodlik haykalini yaratiş ğoyasi 1865 yilda tuğilgan edi. Uşbu yodgorlik konseptsiyasi fransuz me'mori Frederik Ogyust Bartold tomonidan işlab çiqilgan edi. Dastlab muallif Misr haykaltaroşligi uslubida işlay boşladi. Unga köra musulmon ayollar haykali Port-Said şahrida qad rostlaşi, 1869 yilda qurilgan Suvayş kanalini tarixiy yodgorlik sifatida bezab turişi közda tutilgan edi.
Ammo Bartold Ismoil podşoni haykal yaratiş uçun mablağ ajratişiga har qança köndirişiga urinmasin, 1871 yilda usta Misr hukumati tomonidan rad javobini oldi. Ammo bu bilan haykaltaroş işsiz qolmadi.

1776 yil, 4 iyulda AQŞ mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinganligiga yuz yil tölişi munosabati bilan sovğa uyuştirib, bu sovğani yaratiş uçun Fransiya hukumati Bartoldga buyurtma berdi.
Şunday qilib musulmon dehqon ayoli ğarb ayoli qiyofasiga özgardi va uşbu yodgorlik nomi “Osiyo nur”dan “Ozodlik, dunyoni yoritadi” bölib özgardi.

Birinçi nusxada me'mor amerikalik tadbirkor, beva ayol Isaak Singer tikuv maşinasi işlab çiqaruvçi kompaniya asosçisi Izabella Boyyer timsolini yaratgan edi. Haykalning ikkinçi timsolida esa me'mor öz onasi Şarlotta Bartoldni gavdalantirdi.

Quyida siz Bartoldning onasining suratini körişingiz mumkin.









