Frantsuz politsiyasi Lillda Yevro-2016 guruh bosqiçi doirasida Rossiya va Slovakiya terma jamoalari örtasidagi öyinni yoritiş uçun kelgan 7 nafar rossiyalik jurnalistni uşladi. Bu haqda 15 iyunda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga köra, 15 nafar politsiyaçi heç qanday tuşuntirişlarsiz şahar markazida sayr qilib yurgan jurnalistlarni qurşovga olib, ulardan ma'lumotlarni tekşiriş maqsadida akkreditatsiyani körsatişni talab qila boşlaşgan. Tekşiruv 15-20 daqiqa davom etgaç, jurnalistlar qöyib yuborilgan.
"Izvestiya" naşrining öşa vaziyatga tuşgan muxbirining aytişiça, jurnalistlar Lill markazida ingliz va uelslik muxlislarning rossiyalik muxlislarga hujumini suratga olişayotgan bölgan.
14 iyun keçki payt politsiya Lillda Rossiya, Uels va Angliya muxlislari örtasidagi töqnaşuvlarning oldini oldi. Politsiyaçilar bir neça kişini uşlaşgan. 15 iyunda Lillda Rossiya va Slovakiya terma jamoalari örtasida 2-tur uçraşuvi bölib ötadi. Şaharga katta miqdorda ingliz va uelslik muxlislar kelişi kutilmoqda, çunki Angliya va Uels örtasidagi uçraşuv qöşni Lansda bölib ötadi.
14 iyunda Rossiya boş murabbiyi Leonid Slutskiy mas'uliyatli muxlislar terma jamoaning musobaqadan çetlatilişiga yöl qöymasliklariga işonç bildirib ötgandi.







